Starlink Oliy sud qaroriga ko‘ra Braziliyada X ijtimoiy tarmog‘ini blokirovka qiladi

Фото: Chris Delmas/AFP via Getty Images

Starlink kompaniyasi mamlakat Oliy sudi qaroridan so‘ng Braziliyada X ijtimoiy tarmog‘iga kirishni blokirovka qilganini e’lon qildi. Avvalroq, Starlink o‘z aktivlari muzlatilganiga qaramay, u ushbu talabni bajarishdan bosh tortgandi.

30-avgust kuni Braziliya Oliy sudining sudyasi Aleksandr de Moraes ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Maskning Braziliyadagi rasmiy vakilini tayinlashdan bosh tortgani sababli X ning mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatish haqida qaror chiqardi. Sud qarorning bir qismi sifatida kompaniyani 3 million dollar jarima to‘lashga majburlash uchun Starlink aktivlarini ham muzlatib qo‘ydi.

Starlink kompaniyasi dastlab 23 ta yer usti stansiyasining jihozlari musodara qilinishiga olib keladigan taqiqqa qarshilik ko‘rsatdi, biroq keyinchalik sud qarorini bajarishga qaror qildi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.