Stoltenberg: NATO Tramp qayta saylangan taqdirda ham mavjud bo‘lishda davom etadi
G‘arb mamlakatlari NATO Donald Trampning ikkinchi prezidentlik muddatidan omon chiqmasligiga o‘zlarini ishontirmasligi kerak, deb hisoblaydi alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp va vitse-prezidentlikka nomzod Jey Di Vens tashkilotning o‘zini emas, balki uning ayrim a’zolarini alyans mudofaa ehtiyojlarining yetarlicha moliyalashtirilmagani uchun tanqid qilmoqda.
“Fikrimcha, AQSHga keladigan yangi ma’muriyat NATO tugashini anglatishiga o‘z-o‘zini ishontirmaslik va buni taxmin qilmaslik kerak. Bu haqdagi xavotirlar 2016-yilda ham bo‘lgan. Haqiqat shundaki, NATO to‘rt yil ichida yanada kuchaydi… qo‘shin ko‘paydi, jangovar shaylik oshdi”, — dedi Stoltenberg Britaniyaning The Guardian gazetasiga bergan intervyusida.
Avvalroq NATOning 2018-yildagi iyul sammitida o‘sha vaqtda prezident lavozimini egallab turgan Tramp alyansdan chiqmoqchi bo‘lgani ma’lum qilingan edi. Tramp yevropalik ittifoqchilar mudofaaga yetarlicha pul sarf qilmasligidan shikoyat qilib, ikki tomonlama uchrashuvda Stoltenbergni ochiqchasiga tanqid qildi.
Sharhlar