NATO bosh kotibi: Ukraina G‘arb quroli bilan Rossiyaga zarba berish huquqiga ega
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg The Economist jurnaliga bergan intervyusida Ukraina yetkazib berilgan qurol bilan Rossiya hududi bo‘ylab zarbalar berish huquqiga ega bo‘lishi kerakligini aytdi, deb yozadi “Kommersant”. Uning ta’kidlashicha, alyans rahbariyatining Ukrainaga yer ustida qo‘shinlarini yo‘naltirish niyatlari yo‘q.
“Ukraina himoyalanish huquqiga ega. Va bu Rossiya hududidagi nishonlarga zarbalarni ham o‘z ichiga oladi”, — dedi Stoltenberg. The Economist qayd etishicha, NATO bosh kotibi AQSHning ushbu masala bo‘yicha pozitsiyasi tufayli, Rossiya qo‘lga kiritgan “asimmetrik ustunlikni yaxshi anglaydi”.
Intervyuda Stoltenberg NATO sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussenning gaplarini ham izohladi, u 14-may kuni Sharqiy Yevropadagi NATO mamlakatlariga Rossiyaning Ukrainaga qarata otilgan raketa va dronlarini urib tushirishga ruxsat berishga chaqirgan edi.
“Biz nizo tomonlaridan biriga aylanmaymiz”, — dedi Stoltenberg. Shuningdek, u alyans Ukrainaga qo‘shinlar yuborishni rejalashtirmayotganini, chunki NATO hamon Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va alyans buni Rossiya bilan to‘liq ko‘lamli nizoga aylantirib yubormasligini kafolatlash maqsadiga rioya qilishini ta’kidladi.
Sharhlar