Si Szinpin va Viktor Orban Pekinda uchrashdi
Pekinda Xitoy raisi Si Szinpin va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Kommersant”. Tafsilotlar hozircha keltirilmayapti.
Orban Xitoyga 8-iyul kuni ertalab yetib kelgan. U tashrif maqsadi “tinchlik missiyasi 3.0” ekanini aytgan.
1-iyul kuni Yevroittifoq Kengashida Vengriya raislik qilishni boshlaganidan so‘ng Viktor Orban Kiyev, Moskva va Tog‘li Qorabog‘ga tashrif buyurdi. U Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan nizoni tartibga solishni muhokama qildi, Ozarbayjonda esa Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida qatnashdi. Yevroittifoq rahbariyati Vengriya bosh vazirini tanqid qildi. Yevropa yetakchilari ichida faqar Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso Orbanni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatladi.
Sharhlar