Tahlilchilar: Rossiya ikki oy ichida 2023-yil bilan solishtirganda 5,5 baravar ko‘proq Ukraina hududini bosib oldi
Ikki oy ichida (2024-yil avgust va sentyabr) Rossiya Ukraina hududining 819 kvadrat kilometrini egallab oldi – bu o‘tgan yilga nisbatan 5,5 baravar ko‘p. Bu haqda UA War Infographics loyihasi tahlilchilari ma’lum qiladi.
Avgust oyida Rossiya kuchlari 351 kv. km. maydonni, sentyabrda esa 468 kv. km. maydonni egallab olgan. Taqqoslash uchun, 2024-yilning birinchi yarmida Rossiya armiyasi 200 kv.km ortiq maydonni egallay olmagandi, butun 2023-yil uchun atigi 1500 kv. km. maydon bosib olingandi.
“Asosiy sabablar – qurol-yarog‘ taqchilligi (G‘arbiy hamkorlar Ukraina ehtiyojlari va o‘zlari bergan va’dalarni bajara olmayapti) va Rossiya taktikasining o‘zgarishi”, – deya qisqacha tushuntiradi infografikaga ixtisoslashgan loyiha mualliflari.
Grafikadagi ma’lumotlarga qaraganda, 2024-yilning to‘qqiz oyida Rossiya 1559 kv km.ni egallagan. Bu butun Ukraina hududining taxminan chorak foizini tashkil qiladi.
Sharhlar