Demokratik partiya Kamala Xarrisni AQSH prezidentligiga nomzod etib tasdiqladi
Demokratik partiya delegatlari AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarrisni prezidentlikka nomzod etib tasdiqladi, deb xabar bermoqda CNN. Ovoz berish 20-avgust kuni kechqurun partiyaning Chikagodagi umummilliy qurultoyida bo‘lib o‘tdi.
Kamala Xarris qurultoyda Viskonsinda turib videoaloqa orqali chiqish qildi. “Biz uchun sizlarning nomzodlaringiz bo‘lish katta sharafdir. Bu kampaniya xalqning kuchiga asoslangan, va birgalikda biz yangi olg‘a yo‘lni quramiz”, — dedi Xarris.
Kamala Xarris va uning vitse-prezidentlikka nomzodi, Minnesota gubernatori Tim Uols avgust boshida onlayn ovoz berish chog‘ida ko‘pchilik ovozni qo‘lga kiritib, Demokratik partiyadan rasmiy nomzodlarga aylangan edi.
Demokratik partiyaning milliy qurultoyi 19—22-avgust kunlari Chikagoda bo‘lib o‘tmoqda. Qurultoyning so‘nggi kunida Kamala Xarris nutq so‘zlaydi.
Sharhlar