Tataristondagi korxonalarga dronlar hujum qildi

Фото: smotri_media

Rossiya tarkibiga kiruvchi Tatariston respublikasining Yelabuga va Nijnekamsk shaharlaridagi korxonalarga dronlar hujum qildi, deb xabar beradi “Kommersant” respublika rahbari matbuot xizmatiga tayanib. Yelabugada bir necha kishi jabrlangan, ammo iqtisodiy zonadagi texnologik jarayon jiddiy buzilmagan.

Portlashlar “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasi hududidan eshitilgan. Yelabugada mahalliy politexnika kolleji yotoqxonasi binolari zarar ko‘rgan, u yerdan odamlar evakuatsiya qilingan. Zarba ikkita dron yordamida berilgan.

Tataristonda xizmatlar yuqori shaylik rejimiga o‘tkazilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.