Tayvanda 25 yil ichidagi eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi
3-aprel kuni ertalab Tayvanda 7,4 magnitudali ketma-ket zilzilalar yuz berdi. Ular so‘nggi 25 yil ichidagi eng kuchli zilzila deb atalmoqda. Kamida to‘rt kishi halok bo‘lib, 97 kishi jabrlandi, deb yozadi CNN Tayvan Markaziy meteorologiya boshqarmasiga tayanib.
Zilzila mamlakat sharqiy qirg‘oqlari bo‘ylab joylashgan asosiy avtomagistralga jiddiy zarar yetkazdi.
TVBS telekanali e’lon qilgan videoda katta-katta yer bo‘laklari Suxua shossesiga qulaganini, bir nechta tunnellar yopilib qolgani, shu jumladan, bittasi yorilib, ikkita ajralganini ko‘rish mumkin.
Ulashish:
Sharhlar