“Krokus”ga hujum qilishda ayblanayotganlardan birining telefonidan ukrainalik harbiylar suratlari topilgan
Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lum qilishicha, ekspertlar “Krokus Siti Xoll”ga hujum qilishda ayblanayotganlarning mobil telefonlaridagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan, deb yozadi Meduza.
Telefonlardan birida “vayron bo‘lgan uylar fonida Ukraina bayrog‘ini ko‘targan va kamuflyaj formasidagi odamlarning va Ukraina pochta markasining fotosuratlari” topilgan, deyiladi Tergov qo‘mitasi xabarida.
Shuningdek, ta’kidlanishicha, 2024-yil 24-fevral kuni — maxsus operatsiya boshlanganiga ikki yil to‘lgan kuni ertalab “terakt ishtirokchilaridan biri rahbarining buyrug‘iga binoan internet-manbalardan “Krokus Siti Xoll” binosiga kirish qismi aks etgan suratlar skrinshotlarini yuborgan”. Bularning barchasini ayblanuvchi o‘z ko‘rsatmalarida tasdiqlagan.
Ko‘rsatilgan ma’lumotlar amalga oshirilgan terakt va maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishi o‘rtasida bog‘liqlik borligidan guvohlik berishi mumkin, deyiladi xabarda.
Sharhlar