Putin “Krokus”dagi terakt tashkilotchilari kimligini aytdi

путин
Фото: Коммерсант

Moskvaning “Krokus Siti Xoll” konsert zalidagi terakt buyurtmachilarining izlari Ukrainaga olib bormoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25-mart kuni bo‘lib o‘tgan hukumat majlisida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev rejimi va uning g‘arblik rahbarlari — bundan manfaatdor bo‘lgan yagona tomon, ekstremistlar esa musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyida bunday ishga qo‘l urmagan bo‘lardi.

Yig‘ilishda mansabdorlar hodisa tafsilotlarini oshkor qildi, Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin xronologiyani qayta tikladi.

Putin 22-mart kungi hodisa yuzasidan surishtiruv “oliy darajada professional tarzda, xolisona va siyosiy tarafkashliklarsiz” olib borilishini talab qildi.

“Jinoyat ekstremistlar qo‘li bilan sodir etilgan, bu mafkura bilan islom dunyosi asrlardan buyon kurashib kelmoqda. Ammo ko‘ryapmizki, AQSH turli kanallar orqali o‘z ittifoqdoshlarini va boshqa mamlakatlarni, o‘z razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Moskvadagi teraktda go‘yoki Kiyevning qo‘li yo‘qligiga ishontirmoqchi bo‘lyapti, qonli teraktni ekstremistlar, ISHID a’zolari uyushtirganini aytmoqda”, — dedi Putin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.