Texasda vertolyot halokatga uchradi, qurbonlar orasida bola ham bor

Foto: videodan ko'chirma

Yakshanba kuni kechqurun Texasdagi eng yirik shahar markazida shaxsiy Robinson R44 vertolyoti halokatga uchradi. Vertolyot radio minora ustiga qulab tushdi va uni ag’darib yubordi. Natijada yong’in yuzaga keldi.

“Samolyot bortida to‘rt kishi bo‘lgan”, dedi Xyuston politsiyasi boshlig‘i No Diaz. Rasmiylar qancha odam halok bo‘lganiga aniqlik kiritmadi. CNN va ABC telekanallarining xabar berishicha, halok bo‘lganlar orasida bir bola ham bor.

Voqea sodir bo’lgan joyga yaqin joylashgan ba’zi uylarda elektr ta’minoti uzilgan. Falokatga nima sabab bo’lganligi noma’lum.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.