G‘azo sektorida tinchlikka erishilsa, Eron Isroilga hujumni kechiktiradi
Falastinning HAMAS harakati bilan muzokaralarda G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish haqida kelishuvga erishilsagina, Eron Isroilga hujumni kechiktirishi mumkin, deb yozadi Reuters eronlik mansabdorlarga tayanib. G‘azo sektoridagi urush bo‘yicha muzokaralar 15-avgust kuni bo‘lib o‘tishi kerak.
Manbalardan biri aytishicha, agar G‘azo sektori bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa yoki Isroil muzokaralarni cho‘zsa, Eron Livanning “Hizbulloh” guruhi bilan birgalikda Isroil hududiga hujum qilishni rejalashtirmoqda. Eron so‘nggi kunlarda G‘arb mamlakatlari, shu jumladan, AQSH bilan ehtimoliy javob choralari haqida muloqot olib bormoqda.
Tehronda Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya o‘ldirilganidan keyin Eron Isroilga nisbatan keng ko‘lamli zarba berishni va’da qilgan edi. Hujum yaqin kunlarda amalga oshishi mumkin. Isroil o‘z qo‘shinlarini yuqori jangovar shaylik holatiga keltirib qo‘ygan.
Sharhlar