Rossiya TIV: Tojikiston toliblarning ShHT faoliyatidagi ishtirokiga qarshi chiqdi
Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo mamlakatlar Tashqi ishalr vazirlari kengashi ishtirokchilarining ko‘pchiligi ShHT—Afg‘oniston guruhi ishi qayta tiklanishini yoqlab chiqdi. Bunga faqat Tojikiston rozi emas, deya ma’lum qildi Rossiya Tashqi ishalr vazirligi ikkinchi Osiyo departamenti direktori Zamir Kabulov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ShHT—Afg‘oniston guruhi ishini qayta tiklash masalasi yaqinda ShHT tashqi ishalr vazirlari kengashi majlisida (2024-yil 20—21-may kunlari Ostonada bo‘lib o‘tgan) ko‘rib chiqilgan.
“Rossiya va tadbirning ko‘pchilik ishtirokchilari ushbu aloqa guruhining ishi qayta tiklanishini yoqlab chiqdi. Bu boradagi muayyan shubhalar tojikistonlik sheriklarimizda qolmoqda, ammo umid qilamizki, yaqin kelajakda ular ham o‘z pozitsiyasini yumshatadi”, — dedi Kabulov.
Bir yil avval “Tolibon” rahbariyati ularning vakillari ShHT sammitlarida qatnashish uchun qonuniy huquqga ega ekanini aytgandi.
Sharhlar