Tramp Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun demokratlar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi
Tramp Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tugatish uchun demokratlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini aytdi, deb yozadi “Meduza”.
Bu haqda Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.
“Bu mamlakat jahannamni boshidan kechirmoqda. Men hech qachon bunday dahshatli vaziyatni ko‘rmaganman”, — dedi Tramp.
O‘z navbatida, Zelenskiy ular “urush tugashi kerak, Putin g‘alaba qozona olmaydi, Ukraina esa g‘alaba qozonishi kerak”, degan umumiy fikrga ega ekanliklarini aytgan.
Ulashish:
Sharhlar