Mask: Ukrainadagi nizodan chiqish strategiyasi yo‘q, bu tuganmas urush
Sayyoradagi eng boy odamlardan biri Ilon Mask AQSH Kongressi Vakillar palatasi tomonidan Kiyevga yordam ma’qullanishiga munosabat bildirdi, deb yozadi “Kommersant”. U Rossiya-Ukraina nizosidan chiqish bo‘yicha strategiya yo‘qligi yuzasidan xavotir bildirdi.
“Mening eng katta xavotirim shundan iboratki, chiqish strategiyasi yo‘q, bu shunchaki tuganmas urush, bolalar artilleriya va pulemyot o‘qlaridan handaqlarda yoki snayperlar o‘qlaridan mina dalalarida halok bo‘lmoqda”, — deb yozdi Mask X ijtimoiy tarmog‘ida.
Biznesmen shu tariqa amerikalik milliarder Devid Saksning Vakillar palatasi qarori haqidagi postiga izoh yozdi. U esa “Ukraina uchun qutqaruv xususiyatiga ega deb keng ta’riflanayotgan moliyalashtiruv to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasi aviatsiya orqali qarshi hujumning naq yarmini qoplaydi” deb yozgandi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Kongressi 20-aprel kuni Ukrainaga Rossiya muzlatilgan aktivlari berilishini, shuningdek, Kiyev va boshqa ittifoqchilarga harbiy yordam taqdim etilishini ko‘zda tutuvchi majmuali qonun loyihasini ma’qulladi.
Sharhlar