Janubiy Koreya Ukrainaga 2 mlrd dollar taqdim etadi

Фото: Ukr.net

Janubiy Koreya Ukrainaga imtiyozli shartlar bilan va uzoq muddatga 2,1 milliard dollar miqdorida kredit taqdim etish haqida ushbu mamlakat bilan bitim imzoladi, deb yozadi “TASS”.

Ikkala tomon ham Ukrainani jangovar harakatlardan keyin qayta tiklash va uni rivojlantirishga qaratilgan turli loyihalarni ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.

2024-yilda Seul Kiyevga gumanitar yordam shaklida 200 million dollar taqdim etadi.

Janubiy Koreya ancha vaqtdan buyon Ukrainaga ko‘mak berib kelmoqda, ammo shu paytgacha qurol-yarog‘ yetkazib berishdan bosh tortib kelgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.