Rossiyadagi terakt oqibatida uch nafar bola halok bo‘lgan

Foto: “Kommersant”

Moskva viloyati Krasnogorsk shahrida joylashgan “Krokus Siti Xoll” konsert zalidagi teraktda jabrlanganlar soni 121 kishiga yetdi, deb yozadi “Kommersant” Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib. Fojia qurbonlari orasida uch nafar bola ham bor.

Terakt kecha, 22-mart kuni yuz berdi. Bir guruh noma’lum shaxslar “Krokus Siti Xoll”da otishma uyushtirdi. Shuningdek, binoda yong‘in ham sodir bo‘ldi, u hali o‘chirilgani yo‘q.

Terakt haqida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda qurbonlar soni 60 kishini tashkil etmoqda.

Avvalroq 115 kishi kasalxonaga yotqizilgani, ularning besh nafari bolalar ekani ma’lum qilingandi. Shuningdek, 60 nafar katta odam va bir nafar bola og‘ir ahvolda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.