Ukraina BRB bo‘linmalari Volchansk agregat zavodini Rossiya qo‘shinlaridan ozod qildi

Фото: Минобороны Украины

Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi (BRB) Xarkov oblastidagi Volchansk agregat zavodini ozod qilish bo‘yicha operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanganini ma’lum qildi.

“Murakkab va muvaffaqiyatli operatsiya natijasida BRB bo‘linmalari zavod hududini to‘liq ozod qildi va korxonaning barcha binolarida bosqinchilarni yo‘q qildi. 24-sentyabr, seshanba kuni soat 14:40 da Bosh razvedka boshqarmasi maxsus bo‘linmasi komandiri Timur Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanovga operatsiya yakunlangani haqida hisobot berdi”, – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, operatsiya Bosh razvedka boshqarmasining “Stugna”, “Paragon”, “Yunger”, BDK va “Terror” maxsus guruhlari tomonidan amalga oshirilgan.

Obуektning barcha 30 ta binosi ozod etilganidan so‘ng, agregat zavodi hududi Ukraina Qurolli kuchlari nazoratiga o‘tkazilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.