Ukraina BRB dronlar yordamida Rossiyaning Kirov oblastidagi neft bazasiga zarba berdi
Ukraina Mudofaa vazirligining bosh razvedka boshqarmasi askarlari Rossiya Federatsiyasining Kirov oblasti Kotelnich shahri yaqinidagi “Zenit” neft bazasiga Ukrainada ishlab chiqarilgan kamikadze dronlari bilan hujum qildi, deya xabar beradi “Suspіlne” nashrining manbasi.
Qayd etilishicha, hujum natijasida ikkita rezervuarda yong‘in chiqqan. Ushbu neft ombori Rossiya harbiy-sanoat kompleksining obуekti hisoblanadi. U Rossiya armiyasini yoqilg‘i bilan ta’minlaydi va Ukraina chegarasidan 1200 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Bugun Rostov oblastidagi “Atlas” neft bazasiga ham maxsus operatsiyalar kuchlari va Ukraina razvedkasi askarlari dronlar bilan zarba bergan. Mahalliy aholining ta’kidlashicha, neft ombori tsisternalarida yong‘in hali ham davom etmoqda. Hujum oqibatlari haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda.
Sharhlar