Ukraina Kursk atom elektr stansiyasiga hujum qilishga uringanini rad etmoqda
Ukraina mamlakat Qurolli kuchlari Kursk atom elektr stansiyasiga hujum qilishga uringani haqidagi ma’lumotni rad etdi. Bu haqda “Suspіlne” nashri maxsus xizmatlardagi manbalarga tayanib yozadi.
“Albatta, hech kim AESga zarba bermadi, bunda maqsadga muvofiqlik yo‘q”, – deydi Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining dezinformatsiyaga qarshi kurashish markazi rahbari Andrey Kovalenko. “Rossiyaliklar Kurchatovda qandaydir yong‘inni ko‘rsatmoqda va videoda yerda sodir bo‘lgan portlash aks etgan. Atom elektr stansiyalarini o‘qqa tutishning bunga nima aloqasi bor? U biroz uzoqda”, – deya qo‘shimcha qiladi u.
Kursk oblasti gubernatori Aleksey Smirnovning ma’lum qilishicha, “REB” vositalari yordamida bostirilgan Ukraina droni qulagan. Natijada, atom elektr stansiyasiga aloqador bo‘lmagan “xo‘jalik binosida portlashlar sodir bo‘lgan”.
Sharhlar