Ukrainada mahbuslarni muddatidan oldin ozod etish haqidagi qonun Oliy radaga kiritildi

ВСУ
Фото: РБК

Ukrainada armiyada xizmat qilish uchun shartnoma imzolashga rozi bo‘lgan mahbuslarni ozodlikka chiqarish taklif etildi. Bunday qonun loyihasi Oliy rada tomonidan ro‘yxatga olindi. Ushbu imkoniyat “alohida davr” mobaynida mahkumlar uchun amal qilishi taxmin etilmoqda. Hozircha boshqa tafsilotlar keltirilmayapti.

Shunga o‘xshash qonun Rossiyada ham amal qiladi. Ukrainada esa ushbu tashabbus mualliflari “Sluga Naroda” partiyasi yetakchisi Yelena Shulyak va uning partiyadoshlari bo‘ldi. Ular orasida mudofaa bo‘yicha qo‘mita rahbari o‘rinbosari Maryana Bezuglaya bo‘lib, u Ukraina qurolli kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning asosiy tanqidchilaridan biri bo‘lgan. Xususan, u Zalujniyni 2024-yil uchun Rossiya bilan urushdagi harakatlar rejasini taqdim eta olmaganlikda ayblagan.

11-mart kuni Radaga mahbuslarni safarbar qilishga taalluqli boshqa bir qonun loyihasi kiritilgandi. Unga turli fraksiyalardan deputatlar mualliflik qildi. Ular yengil jinoyatlar uchun hukm qilinganlarni UQKga safarbar etishni taklif qildi. Taxminlarga ko‘ra, bunday fuqarolarni armiyaga chaqirish haqidagi qaror sud tomonidan harbiy komissariatlar arizasi bilan ko‘rib chiqiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.