Ukraina prezidenti devoni yetti davlat Ukrainaning NATOga kirishiga qarshi ekani haqidagi maʼlumotni rad etdi
Ukraina prezidenti idorasi NATOning yetti davlati Ukrainani alyansga taklif qilishga qarshi ekani haqidagi maʼlumotni rad etib, aʼzo davlatlarning aksariyati bu jarayonni qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi. Bu haqda Ukraina prezidenti devonining matbuot kotibi Sergey Nikiforov ma’lum qildi.
“Yetti davlat Ukrainani NATOga taklif qilishga qarshi ekani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu mish-mishlar alyans aʼzolari orasida Ukrainani yetarli darajada qoʻllab-quvvatlamayotgani haqida notoʻgʻri tasavvur hosil qilish uchun tarqatilmoqda. Darhaqiqat, aksariyat davlatlar bu jarayonni faol qo‘llab-quvvatlamoqda va hali o‘z pozitsiyasini bildirmaganlar bilan ishlash davom etmoqda”, — deyiladi bayonotda.
Avvalroq OAVda Germaniya, AQSh, Vengriya, Slovakiya, Belgiya, Sloveniya va Ispaniya Ukraina taklifiga qarshi ekani haqida xabar berilgandi.
Sharhlar