Ukraina razvedka boshqarmasi Rossiya harbiy kemasi yo‘q qilinganini tasdiqladi

"Сергей Котов" был самым новым в составе флота РФ
Фото: Медиапалуба

5-martga o‘tar kechasi Ukraina uchuvchisiz uchar qurilmalari Rossiya harbiy obyektlariga hujum qildi. Zarbalar oqibatida Rossiyaning 22160 loyihasiga kiruvchi “Sergey Kotov” kemasi cho‘ktirib yuborildi. Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.

Ayni paytda kema ekipajining taqdiri aniqlashtirilmoqda. Bortda 80 kishi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.