Ukraina Rossiyaning “yangi tinchlik taklifi”ni rad etdi
Kiyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “tinchlik taklifi”ni rad etdi. Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Rossiya prezidentining tashabbusida “haqiqiy tinchlik taklifi” yo‘qligini yozadi.
“Bunda hech qanday yangilik yo‘q, haqiqiy tinchlik takliflari yo‘q”, – deb yozgan u.
14-iyun kuni Putin Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvda Ukraina bilan tinchlik muzokaralarini boshlash shartlarini aytib o‘tdi. Xususan, so‘z Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojye oblastlaridan Ukraina harbiy bo‘linmalarining olib chiqilishi, “yangi hududlarning Rossiya hududi sifatida tan olinishi”, Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarning bekor qilinishi va Kiyevning NATOga qo‘shilishini rad etishi haqida bormoqda.
Sharhlar