Ukraina yil yakunigacha Daniyadan F-16 samolyotlarining yana bir partiyasini oladi

Фото: US DoD

Yil oxirigacha Ukraina Daniyadan F-16 samolyotlarining yana bir partiyasini oladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Trols Lund Pulsen ma’lum qilgan.

Avgust oyi boshida Daniya ilk F-16 qiruvchi samolyoti Ukrainaga topshirilganini tasdiqlagandi. Samolyotlarning aniq soni oshkor etilmagan bo‘lsa-da, Daniya jami 19 ta qiruvchi samolyot yetkazib berishni va’da qilgan.

“Daniya F-16 qiruvchilarining navbatdagi partiyasini 2024-yilning ikkinchi yarmida yetkazib beradi”, – deydi vazir Ritzau agentligiga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi holatdagi kabi, samolyotlarning aniq soni va beriladigan aniq sanasi jamoatchilikka e’lon qilinmaydi.

“Bu operatsion xavfsizlik nuqtai nazaridan amalga oshirilmoqda”, – deydi Pulsen.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.