Yevropaning oltita mamlakati Shimoliy dengizni Rossiyadan himoya qilishga kelishib oldi

Фото: Рамблер

Yevropaning Shimoliy dengizda chegaralari bo‘lgan oltita mamlakati suv osti infratuzilmasini Rossiyaning ehtimoliy hujumlaridan himoya qilish bo‘yicha hamkorlikda ishlash haqida bitim imzoladi. Kollektiv shartnomaga Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Germaniya, Norvegiya va Niderlandiya o‘z imzolarini qo‘ydi, deb xabar beradi Euractiv.

“Shimoliy dengiz qit’ada energetika xavfsizligini mustahkamlashda yordam berib, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va havoga nol chiqindilar sohasida Yevropa intilishlarining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Shu sababli, biz uning o‘ta muhim energetik infratuzilmasini hozir va kelajakda ham himoya qilishimiz juda zarurdir”, — dedi Buyuk Britaniya atom energiyasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha vaziri Endryu Boui.

Uning aytishicha, yangi bitim mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda “unga tahdid qilishga yoki vayron etishga urinishi mumkin bo‘lganlarga qarshi infratuzilma barqarorligini ta’minlash imkonini beradi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.