UQK Qrim ko‘prigiga ATACMS raketalari bilan hujum qildi – RF Mudofaa vazirligi

Фото: Крымский ветер

16-avgustga o‘tar kechasi Ukraina qurolli kuchlari Qrim ko‘prigiga ATACMS  raketalari bilan hujum qildi, deya xabar beradi Rossiya Mudofaa vazirligi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘prik tomonga qarata 12 ta raketa uchirilgan, ularning barchasi urib tushirilgani aytiladi.

Ko‘prikda harakat 3:15 dan 7:13 gacha to‘xtatib qo‘yilgan, shu sababli ertalabdan ikki mingga yaqin mashina o‘tish uchun navbatda to‘plangan. Rossiyaning “Prigranichуe” monitoring kanali Qrim ko‘prigi ustidan sakkizta raketa urib tushirilgani haqida xabar bergan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.