2024-yil davomida Usmonov olti mlrd dollardan ko‘p mablag‘ini yo‘qotdi
Rossiyada eng yirik temir rudasi ishlab chiqaruvchi hisoblangan Alisher Usmonov 2024-yilning birinchi o‘n oyida rossiyalik milliarderlar orasida eng katta yo‘qotishlarga duch keldi. Yangilangan Bloomberg’ning “Milliarderlar indeksi” ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyidan beri uning boyligi 6,46 milliard dollarga kamaygan va 14,6 milliard dollargacha tushgan.
Biroq joriy yil oxirida rossiyalik eng badavlat tadbirkorlarning umumiy boyligi taxminan 26,3 milliard dollarga oshgan.
“NLMK” direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin hisobot davrida o‘z boyligini maksimal darajada oshirishga muvaffaq bo‘lgan. Yanvardan oktyabrgacha bo‘lgan davrda u jami 4,81 milliard dollar ishlab topgan va boyligini 28,8 milliard dollarga oshirgan.
Shuningdek, “Severstal” rahbari Aleksey Mordashovning boyligi 4,75 milliardga oshib, 25,6 milliard dollarga yetgan. O‘z navbatida, “Yevroxim” va “SUEK” hammuassisi Andrey Melnichenkoning kapitali 4,2 milliardga oshib, 23 milliard dollarga yetgan.
Sharhlar