UXX Xarkov viloyatida tanishuv sayti orqali yollangan “rus ma’lumotchisi” ushlangani haqida xabar berdi
Ukraina Xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura rossiyalik “tanishi” orqali Moskvaga Xarkov viloyatidagi mudofaa kuchlari to‘g‘risida ma’lumotlarni uzatgan “rus ma’lumotchisi” hibsga olinganini e’lon qildi.
“Tergov maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil may oyida Xarkov yaqinida joylashgan Dergachi shahrida yashovchi ishsiz fuqaro bilan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi messenjerdagi tanishuv chati orqali bogʻlangan”, — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
U o‘zini mahalliy yangiliklar haqida yozayotgan jurnalist sifatida tanishtirib, gumonlanuvchidan Dergachida Ukraina harbiylari va texnikasi joylashganligi haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va unga yetkazishni so‘ragan.
Huquq-tartibot idoralariga ko’ra, u gumonlanuvchi va Rossiya maxsus xizmatlari o’rtasida “aloqachi” bo’lgan va erkak tomonidan olingan fotosuratlar Xarkovga raketa va dron hujumlari uchun ishlatilgan.
Gumonlanuvchiga 8 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
Sharhlar