Saudiya valiahd shahzodasi Italiyadagi G7 sammitiga bormaydi
Saudiya Arabistoni bosh vaziri va valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Al Saud Italiyadagi G7 sammitida qatnashishdan bosh tortdi. Bunday qaror haj mavsumi tufayli qabul qilingan, deb yozadi “Kommersant”.
SPA davlat agentligi xabariga ko‘ra, valiahd shahzoda Italiya bosh vaziri Jorjiya Meloniga telegramma yuborib, G7 sammitiga taklif qilgani uchun minnatdorlik bildirgan. “Telegrammada Qirollik Oliy hazratlari haj mavsumida ishlarning borishini kuzatish bilan bog‘liq majburiyatlari tufayli qatnasha olmasligi yuzasidan afsus bildirgan”, — deyiladi agenlik xabarida. Haj mavsumi 14—19-iyun kunlariga to‘g‘ri keladi.
Italiya raisligidagi G7 sammiti 13—15-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda Ukraina va AQSH prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Jo Bayden Ukraina uchun xavfsizlik to‘g‘risida kelishuv imzolaydi.
Sharhlar