Raisiyning o‘limidan keyin uning vazifasini vitse-prezident Muxbir bajaradi
Eron hukumati mamlakat prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lishi munosabati bilan bayonot e’lon qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Hukumat fojia oqibatida uning faoliyatida uzilishlar bo‘lmasligiga ishontirdi. Raisiyning o‘limi haqida Mashhaddagi Imom ar-Rizo masjidida to‘plangan dindorlarga ma’lum qilindi. Saylovga qadar prezident vazifasini Eron vitse-prezidenti Muhammad Muxbir bajaradi.
“Eron Islom Respublikasining sakkizinchi prezidenti Hazrat Oyatulloh Said Ibrohim Raisiy Eron xalqiga xizmat qilish chog‘ida azob-uqubatli o‘limga duchor bo‘ldi”, — deyiladi Imom ar-Rizo masjidida minglab dindorlarga o‘qib eshittirilgan rasmiy bayonotda.
Eronning Press TV kanali ma’lum qilishicha, Muxbir vazirlar mahkamasining navbatdan tashqari majlisini o‘tkazmoqda. “Mamlakat ma’muriyatida zarracha ham notinchlik bo‘lmaydi”, — deyiladi hukumat bayonotida.
Sharhlar