Rossiyaning Voronej viloyatida dron hujumidan keyin neft bazasi yonib ketdi
4-oktabrga o‘tar kechasi Rossiyaning Voronej viloyati Anninskiy tumanida uchuvchisiz uchar qurilma hujumidan keyin neft bazasi yonib ketdi. Bu haqda mintaqa gubernatori Aleksandr Gusev ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yerda bo‘sh turgan sisterna alanga olgan.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q. Hodisa joyida o‘t o‘chirish brigadalari ishlamoqda”, — deb yozdi Gusev o‘z Telegram-kanalida.
Ta’kidlanishicha, mintaqada dronlar hujumi xavfi rejimi saqlanib qolmoqda. Yong‘in maydoni ayni paytda aniqlashtirilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar