WSJ: Xitoy Rossiyani Markaziy Osiyodan siqib chiqara boshladi
Rossiya va Xitoy doimiy ravishda cheksiz do‘stlik haqida gapirishadi, lekin aslida ular o‘rtasida Markaziy Osiyoda hukmronlik uchun kurash tobora qizg‘in kechmoqda, deyiladi The Wall Street Journal saytidagi maqolada.
Misol tariqasida O‘zbekiston keltiriladi, bu yerda Xitoy ta’sirining o‘sishi tashqi savdo ma’lumotlaridan tortib, Rossiya avtomobillarini Xitoyda ishlab chiqarilgan avtomobillar bilan almashtirishgacha, tom ma’noda hamma narsada seziladi.
Shu bilan birga, Xitoydan kiritilayotgan investitsiyalar Rossiyaga ishlash uchun borish zaruratini kamaytirishga yordam beradi, qurilayotgan Xitoy temir yo‘llari Rossiyani chetlab o‘tib Yevropa bilan aloqa o‘rnatmoqda, Xitoyning mintaqadagi loyihalarida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishning kengayishi esa Rossiya gaziga qaramlikni kamaytiradi.
Ammo Xitoyning kamchiliklari bor. Mahalliy elita Moskva bilan juda chambarchas bog’langan, rus tili xalqaro aloqa vositasi bo’lib qolmoqda va Xitoy hukumatining uyg’urlarga, turkiyzabon musulmonlarga nisbatan shafqatsizligi Pekin obro’siga putur etkazmoqda. Biroq Xitoy allaqachon Markaziy Osiyo mamlakatlarida elitaning yangi avlodlari shakllanishiga ta’sir o‘tkazishga harakat qila boshlagan.
Sharhlar