Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi Donesk oblastida tashkilotning uch nafar xodimi halok bo‘lganini tasdiqladi
Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi (XQXQ) Donesk oblastidagi Verolubovka qishlog‘i o‘qqa tutilishi natijasida uch nafar xodimi halok bo‘lganini tasdiqladi. Yana ikki xodim jarohatlangan.
XQXQ veb-saytidagi bayonotda aytilishicha, zarba gumanitar yordam tarqatilishi rejalashtirilgan maydonga tushgan. Yaxshiyamki, mahalliy aholi jabrlanmagan.
“Yordam tarqatiladigan joyga snaryad tushishini tasavvur qilib bo‘lmaydi”, – deydi XQXQ prezidenti Mirjana Spolyarich-Egger. U XQXQ xodimlari uylarni isitish uchun mahalliy aholiga o‘tin va ko‘mir briketlarini tarqatishni rejalashtirganligini qayd etdi.
“XQXQ xodimlari doimiy ravishda Donesk oblastida, mashinalarimiz esa Qizil Xoch emblemasi bilan aniq belgilangan”, – deya ta’kidlaydi tashkilot.
Sharhlar