Kamala Xarris: “Putin Trampni tushlikka yeb qo‘ygan bo‘lardi”

Фото: ABC News

AQSH prezidentligiga nomzodlar Donald Tramp va Kamala Xarris o‘rtasida telemunozara bo‘lib o‘tdi. Unda demokratlar partiyasidan nomzod Xarris agar respublikachi Tramp Oq uyda qolganida, Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Kiyevda o‘tirib, Yevropaning Polshadan boshlab qolgan qismidan ko‘z uzmayotgan bo‘lardi”, dedi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

“Iltifot uchun qanchalik tez taslim bo‘lgan bo‘lishingiz va sizni tushlikka yeb qo‘yishga tayyor turgan taniqli diktator bilan siz do‘stlik deb hisoblaydigan aloqalaringiz haqida aynan shu yerda, Pensilvaniyada turib, kelib chiqishi polshalik bo‘lgan 800 ming amerikalikka gapirib bermaysizmi?” — dedi Xarris.

U Trampning bir kecha-kunduzda nizoga nuqta qo‘yish rejasi “shunchaki pozitsiyalarni berib qo‘yish”dan iborat bo‘lishini taxmin qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSHning yevropalik ittifoqdoshlari Baydenning prezident saylovidagi g‘alabasidan mamnun bo‘lgan bo‘lardi, shuningdek, Ukrainaga harbiy ko‘makni ma’qullaydi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp saylovlarda g‘olib chiqsa, lavozimiga kirishib ulgurmasdan Rossiya va Ukraina nizosini tartibga solishni boshlab yuborib, ikkala mamlakat yetakchilari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralarni boshlashga va’da bergan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.