Xitoy tashqi ishlar vazirligi NATOni urushni yakunlash uchun “amaliy biror ish qilish”ga chaqirdi
Xitoy Tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi Lin Dzyan seshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda NATOni “aybni boshqalarning zimmasiga yuklashni to‘xtatishga” va Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi “mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilish uchun biror amaliy ishni qilishga” chaqirdi.
Shu tarzda Tashqi ishlar vazirligi NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning bir kun avval Bi-Bi-Si bilan suhbatda Xitoy Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasa, uning oqibatlariga duch kelishini aytgan bayonotiga javob berdi.
Xususan, Xitoy “Rossiya uchun Ukrainaga qarshi ishlatadigan raketa va qurollarni yaratishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mikroelektronika kabi ko‘plab texnologiyalarni baham ko‘rishiga javoban iqtisodiy sanktsiyalar haqida gapirishimiz mumkin”, deya tushuntiradi Stoltenberg.
“Biz [NATOga] Xitoyga tuhmat va ta’nalar o‘rniga aybni boshqa tomonga yuklashni to‘xtatishni, nizo urug‘ini sepishni va olovga yog‘ quyishni bas qilishni […], o‘z-o‘zini tahlil qilishni maslahat beramiz”, — deya Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakilining so‘zlaridan iqtibos keltiradi AFP.
Kiyev taklif qilgan “tinchlik formulasi”ni muhokama qilish uchun Ukraina tashabbusi bilan hafta oxirida Shveytsariyada o‘tkazilgan Tinchlik sammitida Xitoy ishtirok etmadi. Rossiya unga taklif qilinmadi.
Sharhlar