Xitoyda ayol 20 yil davomida granatani bolg‘a sifatida ishlatib kelgan
Xitoylik ayol 20 yil davomida qo‘l granatasini bolg‘a sifatida ishlatgan, deb yozadi Oddity Central nashri. Bu davr ichida o‘q-dori portlamagan.
Sin ismli 90 yoshli xitoylik ayol o‘z fermasida ishlayotganida “yog‘och tutqichli g‘alati metall bo‘lagi”ni topib olganini aytadi. Ayol bu kimningdir qo‘lda yasalgan bolg‘asi ekanligiga amin edi, shuning uchun uni ishlatish uchun oladi. 20 yil davomida u bu buyumni yong‘oqdan mixgacha bo‘lgan barcha turdagi qattiq narsalarni urish uchun ishlatgan.
“Men uni uyda qizil qalampirni maydalash, yong‘oqlarni yorish va mixlarni urish uchun ishlataman”, – deydi Sin.
Faqat o‘tgan haftada Sinning eski uyini buzish uchun ishlayotgan bir guruh erkaklar bu “bolg‘a”ga e’tibor qaratgan va bu granata degan xulosaga kelishgan.
Shundan so‘ng quruvchilar mahalliy hokimiyatga murojaat qilishgan. Kelgan mutaxassislar nafaqaxo‘rda granata borligini tasdiqlagan, shundan so‘ng snaryad maxsus joyda portlatilgan.
Sharhlar