Xitoyda ko‘p qavatli uy yonib ketdi, 15 kishi halok bo‘ldi
Xitoy sharqidagi Szyansu provinsiyasi Nankin shahrida turar joyda yong‘in yuz berdi, oqibatda 15 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “RBK” shahar ma’muriyatiga tayanib.
Yong‘in Yuyxuatay tumanidagi ko‘p qavatli uyda mahalliy vaqt bilan 23-fevral 4:39 da (Toshkent vaqti bilan 23-fevral 1:39) sodir bo‘lgan. O‘sha kuni 6:00 (3:00) ga kelib, yong‘in o‘chirilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 44 kishi jabrlangan, ular kasalxonaga yotqizilgan. Ulardan birining ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda, yana bir kishi og‘ir holatda yotibdi. Qolganlar oddiy shikastlanishlar olgan bo‘lib, ular asosan tutun yutish oqibatida bo‘lgan.
Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in binoning birinchi qavatida, elektrovelosipedlar to‘xtab turadigan joyda boshlangan.
Uydan 500 kishi evakuatsiya qilingan, ular kasalxonalarga joylashtirilgan.
Sharhlar