Xitoylik bolalarni chet elliklar asrab olishi taqiqlandi
Xitoy hukumati endi mamlakat bolalarini chet elliklar asrab olishiga ruxsat bermaydi, deb yozmoqda NBC NEWS.
TIV matbuot kotibi Mao Ningning so’zlariga ko’ra, qon qarindoshlari farzand yoki o’gay bolani asrab olishi bundan mustasno. U bu qarorga ko’p izoh bermadi va tegishli xalqaro konventsiyalar ruhiga mos kelishini aytdi.
Xabarga ko’ra, o’nlab yillar davomida ko’plab xorijliklar Xitoyga bola asrab olish uchun tashrif buyurishgan va keyin ularni chet eldagi yangi uyiga olib ketishgan. Xitoy COVID-19 pandemiyasi davrida xalqaro farzand asrab olishni to’xtatdi. Ammo keyinchalik chet elliklar tomonidan farzand asrab olishga yana ruxsat berildi. Endi esa bu butunlay taqiqlanmoqda.
Davlat departamenti hisobotiga ko’ra, AQSh konsulligi 2022-yilning oktyabridan 2023-yilning sentabrigacha boʻlgan 12 oy ichida Xitoydan farzand asrab olish uchun 16 ta viza bergan.
Sharhlar