XOQ Olimpiada ochilishida Janubiy Koreyani Shimoliy Koreya deb ko‘rsatgani uchun uzr so‘radi
Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimida Janubiy Koreya delegatsiyasi adashib Shimoliy Koreya delegatsiyasi sifatida koʻrsatilishida yoʻl qoʻyilgan xato uchun rasman uzr soʻradi. Bu haqda XOQ o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida ma’lum qildi.
Janubiy koreyalik sportchilarni olib ketayotgan qayiq Sena bo‘ylab o‘tayotganda diktorlar frantsuz va ingliz tillarida bu Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) delegatsiyasi ekanligini, Janubiy Koreyaning rasmiy nomi esa Koreya Respublikasi ekanligini e’lon qilishdi. Bu xato Shimoliy Koreya bilan rasman urushayotgan Janubiy Koreyada norozilik uyg‘otdi.
Janubiy Koreya sport vazirligi XOQ prezidenti Tomas Bax bilan uchrashishni so‘ragan va XOQ hamda mahalliy tashkiliy qo‘mitadan tushuntirish talab qilgan. Shuningdek, mamlakat tashqi ishlar vazirligiga Fransiyaga hukumat darajasida shikoyat qilish va kelajakda shunga o‘xshash hodisalarning oldini olishni ta’minlash talabi yuborildi, deb xabar berdi Yonhap axborot agentligi.
Sharhlar