XOQ Rossiya Olimpiya qo‘mitasining a’zoligini to‘xtatdi
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Rossiya olimpiya qo‘mitasi (ROQ) a’zoligini to‘xtatdi, chunki go‘yoki 55 ta jahon mojarolari ishtirokchilarining birortasi ham Olimpiya xartiyasini Rossiya kabi buzmayapti, deb yozadi TASS.
“ROQning chetlashtirilishi muqarrar edi, chunki ROQ va unga ergashadigan sport tashkilotlari Ukraina hududida faoliyat olib borishgan… Va bu Olimpiya xartiyasini buzish hisoblanadi, hududlar endi ularning yurisdiksiyasi ostida”, – deydi XOQ prezidenti Tomas Bax Portugaliyada bo‘lib o‘tgan MOQA Bosh assambleyasida.
Shu bilan birga, XOQ rahbari tashkilot sportchilarni hukumatlar yoki milliy olimpiya qo‘mitalari harakatlari uchun jazolamasligini da’vo qiladi. “Dunyoda 55 ta mojaro bor. Bir davlatning sport qo‘mitasi tomonidan boshqa davlatnikining bunday qo‘shib olinishi ularning birortasida yuz bermagan”, – deya qo‘shimcha qildi Bax.
2023-yil 12-oktyabrda XOQ “DNR”, “LNR”, Zaporojуe va Xerson oblastlari Olimpiya kengashlari tashkilot tarkibiga kiritilganligi sababli ROQ faoliyatini keyingi ogohlantirishgacha to‘xtatib qo‘ygandi. Chetlashtirish endi ROQ milliy olimpiya qo‘mitasi sifatida faoliyat yurita olmasligini yoki Olimpiya harakatidan mablag‘ ololmasligini nazarda tutadi.
Sharhlar