KXDR yana raketa sinovlarini o‘tkazdi
Shimoliy Koreya “o‘ta yirik jangovar kallakli” yangi taktik ballistik raketalarni va modifikatsiya qilingan qanotli raketalarni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda 18-sentabr kuni Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
Sinov parvozlariga Kim Chen Inning o‘zi rahbarlik qildi. KXDR yetakchisi tashqi kuchlar tomonidan bo‘layotgan “jiddiy tahdid” tufayli, mamlakat yadro salohiyatini yanada oshirish zaruriyati haqida gapirdi. Sinovlarga 4,5 tonnalik o‘q tashuvchi “Xvasonpxo-11da-4,5” ballistik raketasi jalb qilingan.
Avvalroq Janubiy Koreya harbiylari KXDR tomonidan kichik masofali bir nechta raketalar uchirilgani haqida xabar bergandi. Bu Shimoliy Koreya tomonidan bir hafta ichida o‘tkazilgan ikkinchi raketa sinovi bo‘ldi.
Sharhlar