London Kiyevga yangi qurol-yarog‘ paketini yubordi

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Grant Shepps 19-may kuni Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi topshirilganini ma’lum qildi. Bu haqda DW xabar bermoqda.

Paketga, shu jumladan, 1 millionta o‘q-dori, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari uchun 80 ta raketa, 20 ta BvS 10 zirhli amfibiya transportyorlari kirdi.

“Dunyo kuta olmaydi, Ukrainada Putinga qarshi turish uchun barcha zarur narsalarga ega bo‘lish uchun bizning aralashuvimiz kerak. Buyuk Britaniya bugun aynan shu narsani amalga oshirdi”, — deb yozdi Shepps X ijtimoiy tarmog‘ida.

Paketga shuningdek, dronlar, 4 mingta harbiy anjom, 20 ta minadan tozalash tizimi kirdi. Bundan tashqari, Shepps Britaniya may oxiriga qadar Ukrainaga havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari uchun yana 20 ta raketa yubormoqchi, shu tariqa raketalar soni 100 taga yetadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.