Zelenskiy: Ukrainada yangi qarshi hujum rejasi bor
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev yangi qarshi hujum rejasini ishlab chiqqanini ma’lum qildi.
“Ha, bizda qarshi hujum rejasi bor”, — dedi u Germaniyaning Bild gazetasiga bergan intervyusida. Shu bilan birga, Zelenskiy qayd etishicha, buning uchun Ukraina armiyasiga qurol-yarog‘, shu jumladan AQSHdan qurol kerak.
“Ha, Rossiyaning qurol-yarog‘lari ham, odamlari ham ko‘proq. Ammo birlashgan G‘arbda zamonaviy qurol-yarog‘ tizimlari bor. Shuning uchun biz muayyan texnologiyalarni qo‘lga kiritamiz”, — dedi Ukraina prezidenti.
“Va agar biz ishlab chiqarishni kuchaytirishda davom etsak va sheriklarimizdan litsenziya olsak, gap odamlar sonida ham bo‘lmaydi. Gap qurolning sifatida haqida bormoqda”, — deya ta’kidladi u.
Bundan tashqari, Zelenskiy Rossiyaning Xarkovga hujumlarini istisno qilmasligini aytdi. Shuningdek, u yana G‘arbdan qurol-yarog‘ so‘radi, biroq bu safar tank yoki raketalarga emas, havo hujumiga qarshi mudofaa vositalariga urg‘u berdi.
Sharhlar