Bayden Kiyevga Amerika quroli bilan Rossiyaga zarbalar berishga yashirincha ruxsat etgan — OAV
AQSH prezidenti Jo Bayden administratsiyasi Ukrainaga Amerika quroli bilan Rossiya hududi bo‘ylab zarbalar berishga yashirincha ruxsat etgan — ammo faqat Xarkov hududida, deb yozadi Politico o‘z manbalariga tayanib.
Bayden o‘z jamoasiga Ukrainani o‘ziga berilgan qurol bilan Xarkov yo‘nalishida zarba berayotgan yoki berishga tayyorlanayotgan Rossiya kuchlariga qarshi turishda foydalanish imkoniyati bilan ta’minlashni topshirgan. Ammo Rossiya ichkarisidagi nishonlarga zarbalar berishga nisbatan siyosat o‘zgarishsiz qolgan.
Rasman Oq uy Amerika qurolidan Rossiya ichkarisidagi nishonlarga zarbalar berishda foydalanishga qarshi chiqadi, chunki bu nizo kuchayib ketishiga olib kelishidan xavfsiraydi.
Boshqa G‘arb mamlakatlari yetakchilari hozircha bu borada turli pozitsiyada. Xususan, Buyuk Britaniya may boshida Ukrainaga bunday zarbalar uchun ruxsat bergan edi. Uning ortidan boshqa bir qator mamlakatlar ham bunday taqiq yo‘qligini ma’lum qildi, ammo buni amalga oshirish imkonini beruvchi qurol-yarog‘ni ular taqdim etmayapti.
Sharhlar