Yekaterinburgda raketalar uchun elektron qismlarni ishlab chiqaruvchi mudofaa zavodi yondi
Yekaterinburgda raketalar uchun elektron qismlar ishlab chiqaruvchi “Avtomatika” ilmiy-ishlaab chiqarish birlashmasi mudofaa zavodida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in 800 kvadrat metr maydonda kimyo mahsulotlari bo‘lgan tsexda sodir bo‘lgan, deya xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi. Hozircha yong‘in sabablari aniqlanmagan.
O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishgan, tsex tomining bir qismi allaqachon qulab tushgan. Korxonaning barcha xodimlari evakuatsiya qilingan, jabrlanganlar yo‘q.
“Roskosmos” tarkibiga kiruvchi “Avtomatika” IIChB kosmik raketalarni boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Yonayotgan binoda “Soyuz-2” tashuvchi raketalari uchun elektron platalar va mikrosxemalar ishlab chiqarilgan, deyiladi xabarda.
Sharhlar