SAXAL Janubiy Livanda yer usti operatsiyasini boshladi
SAXAL Janubiy Livanda yer usti operatsiyasini boshladi. Bu haqda “Al-Arabiya” telekanali xabar bermoqda. Avvalroq Isroil armiyasi AQSHni yaqin orada Livanda yer usti operatsiyasini boshlashi haqida ogohlantirgan edi.
Amerikalik mansabdorning so‘zlariga ko‘ra, SAXALning operatsiyasi Isroilda chegaraga yaqin aholi punktlariga nisbatan xavfni bartaraf etish uchun “Hizbulloh”ning chegara bo‘ylab joylashgan infratuzilmalarini tozalashga qaratiladi.
Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Livan armiyasi Isroil bilan janubiy chegarada bir nechta marralarda chekinmoqda.
SAXAL mamlakat shimolida Livan bilan chegarada joylashgan uchta aholi punkti hududini yopiq harbiy zona deb e’lon qildi. Gap Metula shahri, shuningdek, Kfar-Giladi va Misgav-Am kibutslari haqida bormoqda.
Sharhlar