Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarini terrorchilik tashkilotiga yollagan shaxs qo‘lga olindi
Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Xabarovsk o‘lkasi bo‘yicha boshqarmasi O‘zbekiston fuqarolarini terrorchilik tashkilotiga yollashda gumonlanib, chet el fuqarosi qo‘lga olinganini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining terrorchilikka ko‘maklashish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
“Markaziy Osiyo mamlakatlaridan birining terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashgan fuqarosi qo‘lga olindi. U O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xalqaro terrorchilik tashkiloti faoliyatida tayyorgarlikdan o‘tish va unda bevosita qatnashishga jalb qilgan”, — deyiladi FXX xabarida.
“AiF” yozishicha, qo‘lga olingan shaxs — O‘zbekiston fuqarosi. U yoqilg‘i quyish shoxobchasida ushlangan va tergov izolyatoriga joylashtirilgan.
Sharhlar