AQSH yaqin haftalar ichida Ukrainaga yangi qurol-yarog‘lar yetkazilishini e’lon qildi
AQSH kelayotgan bir necha hafta ichida Ukrainaga qurol-yarog‘ va harbiy texnikaning yangi partiyasini jo‘natadi, bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi Mettyu Miller ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”. Yangi yordam paketiga nimalar kirishiga u aniqlik kiritmadi.
“Sizni ishontirib aytishim mumkinki, kelayotgan bir necha hafta ichida Ukrainaga qurol yetkazib berish haqida yana e’lonlar beriladi”, — dedi Miller brifingda. U aniq muddatlarni keltirmadi.
AQSH prezidenti Jo Bayden 24-aprel kuni qonun loyihalari paketini imzolagan edi, ular orasida Ukrainaga qo‘shimcha moliyaviy ko‘mak taqdim etish haqidagisi ham bor. Bu maqsadlarga 61 milliard dollarajratilishi, Kiyev o‘ziga qurol sotib olishi uchun esa yana 14 milliard dollar yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan edi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevga G‘arbdan yangi qurollar kelganidan keyin Rossiya hujumini to‘xtatishga va’da bergan edi.
Sharhlar