Zelenskiy va Poroshenko Rossiya IIVning qidiruv saytidan olib tashlandi

Foto: AFP

Rossiya Ichki ishlar vazirligi o‘zining qidiruv saytidan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va sobiq davlat rahbari Pyotr Poroshenkoning ism-shariflarini olib tashladi, deb yozadi DW.

“Mediazona” nashri ma’lum qilishicha, Rossiya IIV saytida Ukrainaning ikki prezidenti qidirilayotgani haqidagi e’lonlarni 4-may kuni “RIA Novosti” agentligi xodimlari tasodifan topib olgan.

Xabarlarga ko‘ra, ular Rossiya IIVning bosib olingan Donetsk viloyatidagi navbatchi qismi tomonidan qidiruvga berilgan. Bu 22-fevralga qadar yuz bergan.

Rossiya IIV qidiruv bazasida bir necha o‘nlab g‘arblik mansabdorlar va siyosiy arboblar bor. Xususan, Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas, Xalqaro jinoyat sudi sudyalari, amerikalik senator Lindsi Grem, Latviya adliya vaziri Libinya-Egnere Inese va boshqalar bor.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.